Toshkent shahri bilan vodiyni bog`lovchi “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lida bir kunda 30 mingdan ortiq avtomobil harakatlanadi. Tabiiyki, ushbu yo`lda vodiy ahlining “uchar” haydovchilari o`z manzillariga etish maqsadida tezlikni belgilangan me`yordan oshirib, yo`l transport hodisasini kelib chiqish ehtimolini oshiradilar.
Toshkent viloyati IIB YHXB ma`lumotlariga ko`ra, kuni kecha “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining Toshkent viloyatidan o`tuvchi qismida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali 543 qoidabuzarlik aniqlandi. Qoidabuzarlik to`g`risidagi ma`lumotlar haydovchi yoki yuridik shaxsning manziliga pochta orqali xabardor qilindi.
Bu qoidabuzar haydovchilar viloyatlar kesimida tahlil qilinganda Andijon viloyati 138 ta, Farg`ona viloyati 124 ta, Namangan viloyati 104, Toshkent viloyati 118 ta va boshqa hududlardan 59 tani tashkil etdi.
O`z navbatida, viloyat hududida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari muntazam ravishda har kuni faoliyat olib borayotganligi haqida Toshkent viloyati YHXB ogohlantiradi.






