O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xo`jaev boshchiligidagi delegasiya ishchi tashrif bilan Moskva shahrida bo`lib turibdi.
Ular Rossiya Federasiyasi qishloq xo`jaligi vaziri Dmitriy Patrushev bilan uchrashdi.
Dmitriy Patrushevning so`zlariga ko`ra, 2018 yilda O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi sezilarli oshgan. Bunda bojxona tizimida joriy etilgan “Yashil yo`lak” va boshqa bitimlarning alohida o`rni bor.

Tomonlar ilmiy-texnikaviy yutuqlar, qishloq xo`jaligini raqamlashtirish kabi sohalarda tajriba almashish, mahsulotlar savdosi turi va hajmini yanada oshirish yuzasidan kelishib oldi.
Uchrashuv chog`ida O`zbekiston va Rossiyaning turdosh idoralari o`rtasida, xususan, qishloq xo`jaligi bo`yicha ham hamkorlik ko`lamini kengaytirish taklifi qo`llab-quvvatlandi.
O`zbekiston Respublikasi ishchi delegasiyasining tashrifi davom etmoqda.






