AsosiyJamiyat

"Damas"ga yuklangan changyutgichlar manziliga etmadi

'"Damas"ga yuklangan changyutgichlar manziliga etmadi'ning rasmi

Noqonuniy yo`llar bilan olib kirishga urinilayotgan tovar-moddiy boyliklar mamlakatimiz iqtisodiyoti hamda sog`lom raqobat muhitiga ziyon etkazishi mumkin.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida qonunbuzarlik holatiga chek qo`yishdi.

O`zbekiston Respublikasi fuqarosi I.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi “Jalaquduq-Andijon” yo`nalishi bo`ylab harakatlanayotgan vaqtda tegishli tartibda to`xtatilib xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, avtomashina salonida xorijda ishlab chiqarilgan, muqaddam yurtimizga noqonuniy yo`llar bilan olib kirilgan qiymati salkam 31 million so`mlik 51 dona changyutkichlar borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar