1

Islom dunyosidagi nufuzli din ulamolari Buxoroda jam bo`ldi

Jamiyat 21.02.2019, 13:07
Islom dunyosidagi nufuzli din ulamolari Buxoroda jam bo`ldi

Turli savdo yo`llari, madaniyat va sivilizasiyalar chorrahasida joylashgan ko`hna Buxoroda I Xalqaro ziyorat turizmi forumi boshlandi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar berdi.

Mamlakatimizda ilk bora o`tkazilayotgan mazkur forum O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, Tashqi ishlar vazirligi, Buxoro viloyati hokimiyati

hamda Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha Islom tashkiloti

(ISESCO) va Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ko`magida tashkil etilmoqda.

Forumda ishtirok etish uchun 120 dan ortiq islom dunyosidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, nufuzli din ulamolari, oliy o`quv yurtlari, sayyohlik ma`muriyatlari, ilmiy-akademik doiralar, ziyorat turizmi bo`yicha turistik kompaniyalar vakillaridan iborat xorijiy mehmonlar tashrif buyurdi. Shuning o`ziyoq xalqaro doirada unga qiziqish nechog`lik katta ekanligini ko`rsatib turibdi.

Binobarin, zaminimizda islom dini rivojiga munosib hissa qo`shgan ko`plab etuk allomalar etishib chiqqan. Payg`ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamdan boshlangan “oltin silsila”ning davomchilari sifatida e`tirof etilgan etti pir — Abduxoliq G`ijduvoniy, Muhammad Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag`naviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Bahouddin Naqshband islom quvvati sanalgan Buxoro zaminida kamol topgan.

Shu bois bugungi kunda Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Eron hamda boshqa davlatlarning islom dinga e`tiqod qiluvchi fuqarolari aziz-avliyolar qadami tekkan shu zaminga kelib, tabarruk maskanlarni ziyorat qilishga oshiqadilar.

Tadbir ishtirokchilari Buxoro temir yo`l vokzalida tantanali kutib olindi.

Ko`pdan buyon O`zbekistonga kelishni orzu qilib yurgandim, - deydi Pokistonning

“Diplomatic News Agency” nashri bosh muharriri Ansar Mahmud Bxatti. - I Xalqaro ziyorat turizmi forumi tufayli yurtingizga kelib, islom olamidagi eng muqaddas manzillardan biri bo`lgan Buxorodagi tabarruk makonlarni ziyorat qilish, shu asnoda bu erda turistik infratuzilma ob`ektlari, sayyohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida onlayn axborot uzatish niyatidaman.

Shundan so`ng mehmonlar hududdagi ziyorat turizmining muhim ob`ektlari bilan tanishish, Buxoroning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolarini ziyorat qilishni boshladilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1