1

​Buxoroda yo`qolgan o`g`il 10 yil o`tib Camarqanddan topildi (video)

Jamiyat 21.02.2019, 13:13
Teglar: Video
​Buxoroda yo`qolgan o`g`il 10 yil o`tib Camarqanddan topildi (video)

Buxorolik Farrux Xotamov 2009 yilda 17 yoshida arzimagan sabab tufayli o`z uyidan chiqib ketgan edi. Oradan 10 yil o`tib, Farrux Samarqanddan topildi.

Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida yashovchi 56 yoshli Zarif aka farzandini 10 yildan buyon ko`rmagan bo`lsa-da, umidini uzmagan edi.

— Futbol o`ynab amakisinikiga o`tib ketgan. Amakisi nega o`tasan deganiga arazlab shu bilan chiqib ketgan. O`sha vaqtda maktabda sakkizinchi sinfda o`qiyotgan edi. Milisiya xodimlari bilan qidirmagan joyimiz qolmadi. Qashqadaryo deysizmi, Navoiy deysizmi... Bu orada onasi ham kasalmand bo`lib qoldi. Biz faqat tirikligini sezar edik, ishonar edik.

13 fevral kuni reablitasiya markazi xodimlari tomonidan olib borilgan reyd natijasida Samarqand shahrida yurgan fuqaro to`xtatilib tekshirildi. U o`zini Buxoro viloyati G`ijduvon tumani “Marzagan” qishlog`ida yashovchi Farrux Xotamov deb tanishtirgan. Hujjatlar so`ralganda u hech qanday hujjatlarsiz yurgani aniqlandi. Shundan so`ng tekshirish maqsadida reablitasiya markaziga olib kelib tekshirdik. Ichki ishlar vazirligi tizimidagi axborot ma`lumotlar bazasidan tekshirib ko`rilganda haqiqatdan ham 2009 yil o`z uyidan chiqib ketib bedarak yo`qolgan va ayni paytda qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Ona uchun “syurpriz”

Samarqand viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi reabilitasiya markazi xodimlarining sa`y-harakatlari bilanZarif akaning 10 yil mobaynida bedarak yo`qolgan farzandi oilasi bag`riga qaytarildi. Eng qizig`i, farzand onasining tug`ilgan kunida topildi.Bunday kunda o`z bolasi topilib kelishidan ham yaxshiroq sovg`a bormi?

Farrux Xotamov: — Ichki ishlar xodimlaridan minnatdorman. Ota-onamni ko`rib xursand bo`ldim. Bu ishni endi qaytib qilmayman. Yoshlik qildim, ming bor afsusdaman. Menga o`xshab uyidan chiqib ketganlarga ham “uyingizga, ota-onangiz bag`riga qaytinglar” deyman.

Otabek XUDAYoROV, Samarqand viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi reabilitasiya markazi rahbari:

MA`LUMOT UCHUN:

2018 yilda Samarqand IIB Patrul post xizmati reablitasiya markaziga jami 3657 nafar shaxslar olib kelingan. Shulardan 925 nafar shaxslarning muayyan yashash joyiga ega bo`lmaganligi hamda shaxsi aniqlanmaganligi sababli ma`muriy ishlar bo`yicha sudlarning qaroriga asosan saqlangan.

Shulardan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari 914 nafar, ayollar 168 nafarni tashkil etadi. Shu bilan birga, 892 nafar fuqarolarning shaxsi aniqlanib yashash manzillariga jo`natildi.

9 nafar shaxs esa turli xil jinoyatlar sodir etib qidiruvda bo`lgani uchun ushlanib, sud va tergov organlariga topshirilgan.

Xulosa o`rnida

Yoshlik qilib uyidan chiqib ketgan Farrux hali pasport ham olmagan. Tirikchilik ilinjida turli yollanma ishlarni qilib yurgan va biror bir jinoyatga aralashmagan. U otasini ko`rgach, barchadan kechirim so`rab, endi akalari bilan ustachilik qilishini, ota-onasiga ro`zg`or ishlarida yordam berishini aytdi.

Ozod Nurmuhammedov, Samarqanddan “Darakchi” uchun

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1