1

Prezident maktablarida ta`lim jarayoni ingliz tilida amalga oshiriladi

Jamiyat 21.02.2019, 13:41
Prezident maktablarida ta`lim jarayoni ingliz tilida amalga oshiriladi

Prezident maktablarida ta`lim jarayoni xorijiy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o`quv rejalari va dasturlari bo`yicha ingliz tilida amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 fevralda qabul qilingan “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida ushbu maqsadlar nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq,

• Prezident maktablarida ta`lim jarayoni xorijiy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o`quv rejalari va dasturlari bo`yicha ingliz tilida amalga oshiriladi;

• Prezident maktablarida "STEAM – ta`lim" (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – san`at, Mathematics – matematika) dasturi joriy etiladi;

• Prezident maktabining 9-11-sinflarida o`qitish o`quvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda, ayrim fanlar va ularni o`rganish darajasini tanlab olish orqali o`quv jarayonini individuallashtirishni ko`zda tutadi;

• asosiy o`quv dasturi bilan birgalikda Prezident maktablarida o`quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari amaliy mashg`ulotlar o`tkazish nazarda tutiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1