1

Shahrisabzni YuNESKO Umumjahon merosi ro`yxatidan o`chirish haqidagi ma`lumot yolg`on bo`lib chiqdi

Jamiyat 21.02.2019, 14:22
Shahrisabzni YuNESKO Umumjahon merosi ro`yxatidan o`chirish haqidagi ma`lumot yolg`on bo`lib chiqdi

O`zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi maxsus axborot bilan chiqdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

O`zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi qator OAVning YuNESKO Umumjahon merosi markazi tomonidan O`zbekistonning Shahrisabz shahrini Umumjahon merosi ro`yxatidan o`chirish to`g`risidagi hujjat loyihasi tayyorlanayotgani borasida tarqatgan axborotini rad etgan.

Xabarga ko`ra, doimiy vakolatxona Umumjahon merosi markazi rahbariyati bilan olib borilgan maslahatlashuvlardan keyin shuni ta`kidlaydiki, maqolalarda nomlari qayd etilgan mutaxassislarning Umumjahon merosi markaziga aloqadorligi yo`q va uning nomidan biron bir bayonot berishga vakolatli emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1