1

Adliya vaziri Shvesiya elchisi bilan uchrashdi

Jamiyat 21.02.2019, 15:20
Adliya vaziri Shvesiya elchisi bilan uchrashdi

O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov rezidensiyasi Stokgolmda bo`lgan Shvesiya qirolligining Favqulodda va muxtor elchisi Ingrid Tersman bilan uchrashdi.

Unda tomonlar qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish, investisiyalarni jalb etish, yuridik va davlat xizmatlarini ko`rsatish (notariat) hamda mediasiya va arbitraj orqali nizolarni hal etish, yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash sohalari bo`yicha hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlarini muhokama qilishdi. Ikki tomonlama va ko`p tomonlama formatlardagi munosabatlarning amaliy jihatlari bo`yicha konstruktiv fikr almashildi.

O`zbekistonda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar jamiyat hayotining barcha sohalarida o`zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratayotgani qayd etildi. Shvesiya elchisi Toshkentda 19-20 fevral kunlari O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo`yicha mintaqaviy markazi hamda mintaqa davlatlarining etakchi tahliliy muassasalari hamkorligida tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda o`zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzuidagi xalqaro konferensiyadagi taassurrotlari bilan o`rtoqlashdi. Samimiy va konstruktiv ruhda o`tgan uchrashuvda tomonlar o`zaro manfaatlarni ifodalovchi boshqa masalalarni ham ko`rib chiqishdi va munosabatlarni yanada rivojlatirish va mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

photo_2019-02-20_15-56-42.jpg

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabariga ko`ra, uchrashuv yakunida R. Davletov Shvesiyalik hamkasblarini “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumida qatnashish uchun taklif etdi.

Ma`lumot uchun: I.Tersman O`zbekiston va Shvesiya kompaniyalari o`rtasidagi savdo aloqalarini yo`lga qo`yish, shved kompaniyalarining O`zbekistonda biznesni yuritish bo`yicha taqdimoti, yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini hal etishga yo`naltirilgan O`zbekiston-Shvesiya biznes forumida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1