1

Yashirin sexda 17 tonnadan ortiq neft mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi

Jamiyat 21.02.2019, 15:24
Yashirin sexda 17 tonnadan ortiq neft mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi

Xorazm viloyati Xonqa tumanining “Olaja” qishlog`i “Oydin Hayot” mahallasidagi yashirin sexda 17 tonnadan ortiq neft mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda O`zbekiston Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu maxfiy sex xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, «Yangi turmush» mahallasida yashovchi H.B. bu erda bitum mahsulotini ishlab chiqarayotgani, biroq sexga tegishli hech qanday hujjatlar yo`qligini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, nonuniy tartibda dalolatnoma tuzilib, xolislar ishtirokida yashirin sexda mavjud bo`lgan 16 turdagi, jami umumiy qiymati 35 mln. 893 ming so`mlik tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha olib qo`yildi.

Xabarda ushbu holat yuzasidan to`plangan hujjatlar tegishliligi bo`yicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xonqa tumani bo`limiga yuborilgani ma`lum qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1