1

Reabilitasiya Markazlariga​ 1 oyda 1712 nafar jabrlangan ayol murojaat qilgan​

Jamiyat 21.02.2019, 16:22
Reabilitasiya Markazlariga​ 1 oyda 1712 nafar jabrlangan ayol murojaat qilgan​

Yanvar oyi davomida Respublika bo`ylab zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda o`z joniga qasd qilishning oldini olish Markazlariga (shelterlar) 1712 nafar ayol murojaat qilgan. Bu haqda xotin-qizlar qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shulardan 303 nafar ayolga tibbiy, 434 – psixologik, 377 – huquqiy yordam ko`rsatilgan. 271 nafar ayolning bandligini ta`minlashga ko`mak berilib, 99 nafariga kredit olib o`z ishini boshlashiga yordam berilgan, 487 nafar ayolning oilasi yarashtirilgan.

Bugungi kunga qadar respublikada tashkil etilgan shelterlar soni 160 taga etgan.

O`zbekistondagi ilk zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda o`z joniga qasd qilishning oldini olish Markazi 2018 yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida tashkil etilmoqda. Bugungi kungacha Markazlar tomonidan yuzlab ayollarga tegishli yordamlar ko`rsatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1