1

Har bitta hududda "Iste`molchi kutubxonasi"ni tashkil etiladi

Jamiyat 21.02.2019, 16:50
Har bitta hududda "Iste`molchi kutubxonasi"ni tashkil etiladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida”gi qarori asosida O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi tomonidan hududlarda “Iste`molchi kutubxonasi“ tashkil etiladi.

Biz barchamiz – iste`molchimiz. Kundalik hayotimizda tovarlar sotib olganimizda, ish va xizmatlarga buyurtma berganimizda iste`molchi huquqlaridan foydalanamiz.

Iste`molchi tovar, ish, xizmatlarga buyurtma berganda, sotib olingan tovar yoki buyurtma berilgani, xizmatlarning xossalari va jihatlari haqida to`liq ma`lumotga egami, iste`molchi bu borada o`z huquq va majburiyatlarini qay darajada biladi?

Umuman bugungi kunda aholining iste`mol madaniyati qanday?

Ayni vaqtda o`tkazilgan kuzatish va tahlillar natijalari bu sohada o`z echimini kutayotgan muammolar borligini va ularni keng ko`lamda hal etilishida jamoatchilik ishtiroki zarurligini ko`rsatmoqda. Xususan, aholining iste`mol madaniyatini oshirish borasida, ularning o`kuv-uslubiy, texnik adabiyotlar, adabiy-badiiy, ma`rifiy va ilmiy-ommabop kitoblarga bo`lgan talabini qondirish, bugungi kunda mutolaa madaniyatini yuksaltirish bilan bog`lik muhim masalalarga echim topish dolzarb vazifa bo`lib qolmoqda.

Ma`naviy hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo`lgan ushbu vazifalarni kompleks hal etilishiga ko`maklashishda jamoatchilik tashkilotlari ishtirokini ta`minlash maqsadida, Federasiya tomonidan respublika hududlarida iste`molchi kutubxonalari va kitob savdosiga ixtisoslashgan do`konlar tashkil etish loyihasi ishlab chiqildi.

Loyiha doirasida tashkil etilayotgan kutubxona va kitob savdosi do`konlarida, O`zbekiston Respublikasi qonunlari va iste`molchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo`llanmalar, ma`rifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan gazeta-jurnallar, shuningdek, zamonaviy “Book cafe”va bepul WiFi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi “eReader” elektron o`quv qurilmalari bilan ta`minlanishi rejalashtirilgan.

Ushbu xayrli tashabbusning Oltiariq tumani hokimligi tomonidan qo`llab quvvatlanishi natijasida Federasiya tomonidan tuman markazida dastlabki “Iste`molchi kutubxonasi”ning qurilish ishlari boshlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1