AsosiyJamiyat

XTV sumkasidan pnevmatik avtomat topilgan o`quvchi yuzasidan izoh berdi

'XTV sumkasidan pnevmatik avtomat topilgan o`quvchi yuzasidan izoh berdi'ning rasmi

Bugun, 21 fevral kuni Toshkentda 10-sinf o`quvchisi maktabga o`zi bilan birga pnevmatik pistolet, pnevmatik gazli balon va himoya maskasi olib kelgani haqida xabar bergan edik.

Xalq ta`limi vazirligi mazkur voqeaga munosabatini bildirdi. Jumladan vazirlik xabarida shunday deyiladi: «Mazkur holat maktabning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari tomonidan aniqlangan va maktab ma`muriyati mazkur holat bo`yicha Yunusobod tuman IIBga murojaat qilgan. Qo`shimcha surishtiruv ishlarini olib borish uchun Yunusobod tuman IIBga o`quvchi va uning ota-onasi chaqirtirildi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996 yil 27 fevraldagi 3-son qarori 2-bandiga muvofiq, pnevmatik qurol o`qotar qurolga kirmasligi to`g`risida tushuncha berilgan va mamlakatimizda pnevmatik qurollar savdosiga hech qanday cheklov o`rnatilmagan.

Vazirlik tomonidan maktab rahbarlariga ota-onalar bilan majlislar o`tkazib, bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi».

Shuningdek, Xalq ta`limi vazirligi ota-onalarni farzandlariga jamoat joylarida, jumladan, maktab hududiga bu kabi buyumlarni olib kelmasligi haqida tushuntirishlar berishga chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar