AsosiyJamiyat

"Ipak yo`li” xalqaro turizm universitetida gid-ekskursavod va tarjimonlik faoliyati yo`nalishi ochiladi

'"Ipak yo`li” xalqaro turizm universitetida gid-ekskursavod va tarjimonlik faoliyati yo`nalishi ochiladi'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, 21 fevral – Butunjahon ekskursovodlar kuni munosabati bilan Toshkentda III xalqaro gidlar forumi o`tkazilmoqda.

Forum ishida Samarqand shahridagi "Ipak yo`li” xalqaro turizm universiteti o`quv – ilmiy jamoasi ham ishtirok etmoqda. Mazkur universitet prorektori, iqtisod fanlari doktori, professor Bahodir To`raev O`zA muxbiriga bergan intervyusida oliy ta`lim muassasasida gid-ekskursavod va tarjimonlik faoliyati yo`nalishi ochilishi rejalashtirilganligini aytib o`tdi.

– Universitetimizda 137 ta talaba turizm menejmenti, turizm xizmatlari va xizmatni tashkil etish yo`nalishlarida o`qitilmoqda, – dedi B.To`raev. – Bugungi kunda turizm sohasida kadrlar tayyorlash masalasi juda dolzarb ahamiyat kasb etayotganini hisobga olgan holda xalqaro ta`lim standartlariga mos keluvchi 68 ta o`quv dasturi bilan tanishib chiqib, universitetimizda 12 ta yangi yo`nalish ochishga qaror qildik. Ulardan biri gid-ekskursavod va tarjimonlik faoliyati bo`yicha bakalavriat yo`nalishidir. Mazkur yo`nalishda talaba 3 yil davomida zarur bilim va ko`nikmalarni oladi. Bu yo`nalish bo`yicha magistratura bo`limi ochishni ham rejalashtirganmiz.

B.To`raevning aniqlik kiritishicha, universitetda gid-ekskursavod va tarjimonlik faoliyati bakalaviriat yo`nalishi kelasi o`quv yilidan ochiladi.

Hozirda tayyorgarlik ishlari boshlangan.

    Boshqa yangiliklar