AsosiyJamiyat

Qarindoshlar o`rtasida nikoh tuzish taqiqlanadi

'Qarindoshlar o`rtasida nikoh tuzish taqiqlanadi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi "O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasiga qo`shimcha kiritish to`g`risida" qonun loyihasini tayyorladi.

Hujjat bilan O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607-1-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 16-moddasining (Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar) uchinchi xatboshisi (nasl-nasab shajarasi bo`yicha to`g`ri tutashgan qarindoshlar o`rtasida, tug`ishgan va o`gay aka-ukalar bilan opa-singillar o`rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o`rtasida) quyidagi tahrirda bayon etiladi:

"Nasl-nasab shajarasi bo`yicha to`g`ri tutashgan qarindoshlar o`rtasida, tug`ishgan va o`gay aka-ukalar bilan opa-singillar o`rtasida, ota-onaning aka-uka va opa-singillarining farzandlari o`rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o`rtasida".

Sog`liqni saqlash, Adliya vazirliklari, Xotin-qizlar qo`mitasi va "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi qonunning ijrochilarga etkazilishini hamda uning mazmun-mohiyati va ahamiyati to`g`risida aholi o`rtasida tushuntirish ishlari olib borilishini ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar