AsosiyJamiyat

Mirzacho`llik ayollar bundan-da yuksak marralarni zabt etishga qodir

'Mirzacho`llik ayollar bundan-da yuksak marralarni zabt etishga qodir'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, bugun Xalqaro Press-klubning navbatdagi sayyor sessiyasi Jizzax viloyatining Mirzacho`l tumanida o`tkazilmoqda.

«Jizzax: 2019 yilning ustuvor vazifalari, yangi qiyofa, bunyodkorlik va mas`uliyat» mavzusiga bag`ishlangan anjumanda so`nggi paytlarda tumanda amalga oshirilgan ulkan islohotlar tahlil qilinmoqda. Hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari aholining dunyoqarashini, tafakkurini o`zgartirayotgani alohida ta`kidlanmoqda.

«Mirzacho`l xotin-qizlarini qahramon deb o`ylayman. Ular juda tirishqoq va barchasiga sabr qilib, yaxshi hayotga erisha olishdi. Mirzacho`llik ayollar bundan-da yuksak marralarni zabt etishga qodirlar», - dedi tadbirkor Dilnoza A`zamova.

    Boshqa yangiliklar