AsosiyJamiyat

Qibraydagi yong`in sababli Toshkentning bir qismi suvsiz qoldi

'Qibraydagi yong`in sababli Toshkentning bir qismi suvsiz qoldi'ning rasmi

Joriy yilning 22 fevral sanasida Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan viloyat elektr tarmoqlariga qarashli elektr stansiyasida yong`in sodir bo`lganligi sababli suv uzatish qurilmalari (nasos) ishi to`xtagan.

Shu bois, hozirda Toshkent shahrining tumanlarida suv bosimining pasayishi va ayrim tumanlarda uzilishlar sodir bo`lishi mumkin, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Hozirda yong`in bartaraf etilib, ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun shahar ma`muriyati uzr so`raydi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar