O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevralda “O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni o`tash tartibini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2019 yildan boshlab chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo`lmagan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o`tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo`lmagan, joriy yil chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.
Eslatib o`tamiz, ilgari O`zbekiston Respublikasi fuqarolari fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilardi.






