Kashf etish, targ`ib qilish va o`rganish anjumani, deya e`tirof etilgan birinchi xalqaro ziyorat turizmi doirasida “O`zbekistonni ziyorat-turizmining markazlaridan biri sifatida e`tirof etish to`g`risida“gi Buxoro deklarasiyasi imzolandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Shuningdek, bir qator Memorandumlar imzolandi. Turizm qo`mitasi qoshidagi “Milliy PR-markaz” hamda “Global Muslim Traveler Index” doirasida “MATTA” (Malaziya), “Crescent Rating” (Singapur) assosiasiyalari, Jakarta targ`ibot fondi (Indoneziya) o`rtasida tuzilgan Memorandum shular sirasidandir.

Bu esa kelgusida davlatlar o`rtasida turizm xususan, ziyorat turizmini yuksalishga xizmat qiladi.
Aynan turizm rivojlangan maskanlarda madaniy meros ob`ektlarini saqlash, ta`mirlash, bunda esa uni asl holicha kelgusi avlodlarga etkazishdagi ishlar muntazamlik kasb etadi. Kelgusida hududlardagi hozirga qadar o`rganilmasdan qolgan muqaddas qadamjolarni izlab topish, ko`lyozmalar fondidagi muhim ma`lumotlarni izlash, o`qish turizm yuksalishi yo`lidagi eng muhim maqsadlardan biri bo`ladi.
Forum ertaga Samarqandda davom etadi.








