Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hududida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida yovvoyi hayvonlarning noqonuniy oldi-sotdisi fosh qilindi, deb xabar bermoqda DBQ axborot xizmati.
«Fuqarolar N.A., A.Z., R.D. va A.A.lar «Lasetti» hamda «Spark» avtomashinalari salonidagi 2 bosh sher bolalarini 6 ming AQSh dollariga pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi», - deyiladi qo`mita xabarida.
Ta`kidlanishicha, hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







