Buxoroda o`tkazilayotgan Ziyorat turizmi bo`yicha birinchi Xalqaro forumi hayotga tatbiq qilsa bo`ladigan takliflar berilayotgani uchun ham e`tiborga loyiq.
Forum doirasida tashkil etilgan matbuot anjumanida forum qatnashchilari Buxoro shahriga turistlar oqimini ko`paytirish bo`yicha bir nechta yaxshi maslahatlar berishdi. Ulardan biri – Buxoro aeroportini “ochiq osmon” formatiga o`tkazish. Malaziyalik mutaxassisning aytishicha, chet ellik mehmonlar uchun avval Toshkentga qo`nib, so`ng Buxoro yoki boshqa shaharlarga borish noqulaylik tug`diradi.
Umuman olganda, Buxoroning turistik salohiyatini oshirish bo`yicha foydali fikr va mulohazalar ko`p yangramoqda. Kuzatishda davom etamiz.

Foto: Kamil Enikeev






