AsosiyJamiyat

O`zbekiston dunyoning eng farovon mamlakatlari reytingida 57-o`rinda qayd etildi

Britaniyaning Legatum Institute tahlil markazi dunyoning eng tinch va farovon mamlakatlari reytingini e`lon qildi.

Ro`yxatdan jami 142 davlat o`rin olgan bo`lib, O`zbekiston 57-o`rinda qayd etilgan. Tadqiqotchilar reytingni tuzishda mamlakatning iqtisodiy ahvoli, ta`lim, sog`liq, xavfsizlik, tadbirkorlik muhiti, shaxsiy erkinlik darajasi kabi jihatlarni hisobga olgan.

Ro`yxatning kuchli beshligini Norvegiya boshqarsa, qolgan o`rinlarni Shveysariya, Yangi Zelandiya, Daniya va Kanada mamlakatlari egallagan.

Dunyoning jadal rivojlanayotgan davlatlari orasida Braziliya 49-o`rinni, Xitoy 54-, Meksika 64-, Turkiya 86-, Hindiston 102-o`rinlarni band etgan.

142 mamlakat ichida so`nggi o`rinlar Yaman, Burundi, Kongo Demokratik Respublikasi, Chad davlatlariga nasib etgan.

Manba: nat-geo.ru

    Boshqa yangiliklar