AsosiyJamiyat

1 martga qadar respublika bo`ylab «Harbiy vatanparvarlar» guruhi tuziladi i

'1 martga qadar respublika bo`ylab «Harbiy vatanparvarlar» guruhi tuziladi i'ning rasmi

O`zbekiston mudofaa vazirining buyrug`iga ko`ra, joriy yilning 1 mart kuniga qadar respublikaning harbiy qism va muassasalar joylashgan hududlarida «Harbiy vatanparvarlar» targ`ibot guruhi tuzilib, ularning faoliyati yo`lga qo`yiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Harbiy vatanparvarlar» targ`ibot guruhlariga hududlardagi harbiy qism va muassasalarning har tomonlama namunali, jangovar va ma`naviy-ma`rifiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga erishgan hamda etakchilik sifatlariga ega bo`lgan harbiy xizmatchilar kiritaladi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazining hududiy bo`limlari hamda ichki ishlar boshqarmalari (bo`limlari) bilan kelishilgan holda targ`ibot guruhlari tarkibiga ularning vakillari ham kiritilib, birgalikda yoshlar o`rtasida keng qamrovli tushuntirish, targ`ibot-tashviqot ishlari yo`lga qo`yiladi.

Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil, jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan, uzoq muddatda xorijiy davlatlarda bo`lib yashash manziliga qaytgan, ta`lim muassasasini tamomlab, ishsiz yurgan yoshlarni targ`ibot guruhlarining hududlardagi tarbirlarda ishtirok etishi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar