20 fevral oqshomida Katta Hirmontepa mahallasida joylashgan ko`p qavatli uyda yashovchi fuqarolarning shikoyatlariga javoban Chilonzor tumani Ichki ishlar boshqarmasining profilaktika inspektori etib kelgan, deya xabar beradi IIBB matbuot xizmati.
Aholi qo`shni uyda ta`mirlash ishlarini olib borayotgan ishchilar ustidan shikoyat qilib, ular tomonidan qurilish chiqindilari o`z vaqtida tozalanmay, mahalliy hudud ifloslantirayotgani aytilgan. Ilgari profilaktika inspektori bir necha bor ishchilarni tozalik va sanitariya tartibiga rioya qilmaganligi uchun ma`muriy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirgan edi.
Biroq Surxondaryo viloyati fuqarolari bo`lgan 32 yoshli Alisher H. va 26 yoshli Abdullaxon H. xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakiliga qarshilik ko`rsatgan. Hozirda ular hibsga olingan.
Ayni damda holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismida ko`zda tutilgan jinoiy ish qo`zg`atilgan.






