AsosiyJamiyat

Samarqanddagi Siyob dehqon bozori faoliyatida kamchiliklar aniqlandi

'Samarqanddagi Siyob dehqon bozori faoliyatida kamchiliklar aniqlandi'ning rasmi

Samarqand shahri Siyob dehqon bozori va atrofidagi hududda o`tkazilgan o`rganish natijasida 495 ta xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatida kamchiliklar kuzatildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Jumladan, 161 ta hujjasiz faoliyat yuritish, 38 ta faoliyat turi guvohnomaga mos kelmasligi, 57 ta nazorat kassa mashinasini o`rnatilmaganligi, 57 ta bankdan hisob raqami ochilmaganligi, 59 ta to`lov terminallari o`rnatilmaganligi, 54 ta ijara shartnomasi tuzilmaganligi, 13 ta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirmaganligi va 56 ta tadbirkorlar tomonidan norasmiy yollanma ishchilarni ishlatish kabi holatlar aniqlangan.

Hududdagi 177 ta xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning kamchiliklari to`liq bartaraf etildi.

    Boshqa yangiliklar