Kecha, 22 fevral 2 noma`lum shaxs Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi M.X. (ismli ayol)ning uyiga o`zlarini tuman gaz filiali xodimlari deb tanishtirib kirib, kuch ishlatish orqali ayoldan pul talab qilgan va uyda pul yo`qligini bilishgandan so`ng, voqea joyidan yashiringanlar.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Bekobod shahar Sirdaryo ko`chasida yashovchi L.T. va Angren shahrida yashovchi Sh.R.lar sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






