1

Yurtimizga yashirin tarzda olib kelinayotgan giyohvandlik vositasi fosh etildi

Jamiyat 23.02.2019, 23:54
Yurtimizga yashirin tarzda olib kelinayotgan  giyohvandlik vositasi fosh etildi

Mamlakatimizda giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo`lish va noqonuniy aylanishiga qarshi qonunbuzilish holatlari uchun javobgarlik belgilangan.

Shunga qaramasdan, giyohvandlik vositalarini yurtimizga yashirincha olib kirishga bo`lgan urinishlar uchrab turibdi.

Xususan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom" chegara bojxona postidan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro Z.M.ga tegishli qo`l yuklari bojxona nazoratidan o`tkazilganda, ushbu shaxs yashirin tarzda yuk sumkasi ichidagi rangsiz selofanga joylashtirilgan va quritilgan “ko`knori xashagi giyohvandlik vositasini yurtimizga olib o`tmoqchi bo`lgani aniqlandi. Ushbu zahri qotil maxsus elektron tarozida o`lchanganda uning sof og`irligi 50 grammni tashkil qildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1