1

Uyali telefonlarni yashirincha olib o`tishga urinish naf bermadi

Jamiyat 23.02.2019, 23:56
Uyali telefonlarni yashirincha olib o`tishga urinish naf bermadi

Sirdaryo viloyati bojxonachilari uyali telefonlarni yurtimizga noqonuniy olib kirish bilan bog`liq bir nechta qonunbuzarlik holatlarini fosh etishdi.

Mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro R.N. bojxona nazoratidan o`tish chog`ida bojxona xodimlariga o`z yonida hech qanday noqonuniy buyumlari yo`qligini ma`lum qildi. Ammo, uning xatti-harakatlari xodimlarning e`tiborini tortdi. Shundan so`ng o`tkazilgan shaxsiy ko`rik natijasida ushbu qonunbuzar egnidagi ko`ylagi ostiga xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 12,6 million so`mlik jami 37 dona telefonlarni yashirib olganligi fosh bo`ldi.

Yana bir shunga o`xshash holatda fuqaro M.O. ham egnidagi ko`ylagi ostiga umumiy qiymati 7.4 million so`mlikjami 24 dona telefonlarni yashirib olganligi oshkor bo`ldi.

Fuqaro X.X.ning noqonuniy xatti-harakatlari esa hammasidan oshib tushdi. Qarangki, ushbu shaxs ham oz emas, ko`p emas jami 57 dona “Samsung”, “Nokia” rusumli qimmatbaho telefonlarni kiyimlari ichiga yashirib olgan ekan.

Ushbu 57 dona telefonlarning umumiy qiymati esa 14 million so`mni tashkil etdi.

Yuqoridagi 3 ta qonunbuzarlik holatlarini fosh etilishi natijasida umumiy qiymati 34 million so`mga teng bo`lgan 118 ta uyali telefonlarashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1