1

JST vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Jamiyat 24.02.2019, 00:02
JST vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Joriy yilning 21 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligida, Jaxon savdo tashkiloti vakillari – Bosh direktor o`rinbosari Alan Vulf va Kotibiyatning yangi davlatlar qo`shili bo`yicha departament direktori Mayka Oshikava bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

O`zbek tomoni mehmonlarni qishloq xo`jaligini takomillashtirishga va agrar sektorda davlat rolini kamaytirishga qaratilgan islohotlar bilan tanishtirdi. O`z o`rnida, A.Volf amalga oshirilayotgan islohotlarga yordam ko`rsatish maqsadida, JSTning qishloq xo`jaligi bo`yicha mutaxassislarni taqdim etishga tayyorgarligini ta`kidladi.

Bundan tashqari, tomonlar O`zbekistonning JSTga a`zolik uchun muzokaralar jarayoniga tayyorgarligi bo`yicha fikr almashdilar.

O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi
matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1