1

Toshkent shahrida avtomobil yo`llari ta`mirlanadi

Jamiyat 24.02.2019, 19:05
Toshkent shahrida avtomobil yo`llari ta`mirlanadi

Toshkent shahar hokimining 2019 yil 19 fevraldagi 269 sonli qarori bilan Toshkent shahridagi markaziy va mahallalar hududidagi ichki ko`chalarni joriy ta`mirlash manzilli ro`yxati tasdiqlandi.

Poytaxtimizdagi 70 dan ortiq ko`chalarda ta`mirlash ishlari joriy yilning dekabriga qadar bajariladi. Jami 1 844 688 kv.metr yo`llar ta`mirlanib, bu ko`rsatkich o`tgan yilga nisbatan 2 barovar ko`proq.

Hususan:
1. Toshkent shahridagi markaziy ko`chalarni joriy ta`mirlash ishlari bo`yicha 35077 kv.metr;
2. Mahallalar hududidagi ichki yo`llarni joriy ta`mirlash ishlari bo`yicha 872852 kv.metr;
3. Tuman prokurorlari sektorlarida aniqlangan ichki yo`llardagi kamchiliklarni joriy ta`mirlash ishlari bo`yicha 417394 kv.metr;
4. Shahar aholisi va mahalla faollarining ariza va shikoyatlarini ijobiy xal qilish uchun tuman obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi 519365 kv.metr maydon ta`mirlanadi.

"Shahar markaziy va ichki ko`chalari ta`mirlanishi bilan bir qatorda ulardagi hududlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi", - deyilgan hokimlik matbuot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1