“Oskar 2019” yaqinlashar ekan, fevral oyining so`nggi o`n kunligidagi eng yaxshi filmlar taqdim etilishi lozim topildi, deb xabar berdi Kinonews.ru nashri.
“Ajdarho qanday qo`lga o`rgatiladi 3”
Oilaviy multfilm ishqibozlari uchun mazkur trilogiyaning uchinchi kartanasi manzur bo`lishi turgan gap.
“Hokimiyat”
Filmda AQSh siyosatdoni Dik Cheyni haqida so`z yuritiladi. Bosh rolda Kristian Beyl.
“Narkokurer”
Yolg`iz kun kechiruvchi Erl Stounga bir ish taklif qilishadi – shunchaki mashina haydash. Ammo uning ichidagi giyohvand moddalar cholni jinoyatchiga aylantirishi shubhasiz. Filmni Klint Istvud suratga olib, o`zi bosh rolni ijro etgan.
“Muzliklar aro”
Muzliklar aro halokatga uchragan uchuvchi Xaksli 70 daraja sovuqda tirik qolish uchun kurash olib boradi. Bosh rolda daniyalik mashhur aktyor Mads Mikkelsen.