1

Birinchi sinf o`quvchilari uchun kitobni Respublika maqsadli kitob jamg`armasi etkazib beradi

Jamiyat 25.02.2019, 09:36
Birinchi sinf o`quvchilari uchun kitobni Respublika maqsadli kitob jamg`armasi etkazib beradi

Hukumat qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Xalq ta`limini rivojlantirish jamg`armasi hamda byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg`armasi to`g`risidagi nizomlar tasdiqlandi. Bu haqida "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Nizomga muvofiq, Xalq ta`limini rivojlantirish jamg`armasining asosiy vazifasi Xalq ta`limi vazirligi tizimiga kiruvchi ta`lim muassasalarini, Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalarini qurish uchun mablag` jamlash hisoblanadi.

Boshqaruv kengashi Jamg`armaning yuqori organi hisoblanadi, Jamg`armaning ijro etuvchi direksiyasi ijro organi hisoblanadi.

Direksiya har yili navbatdagi yil uchun Jamg`armaning daromadlari prognoz rejasini tasdiqlaydi.

Jamg`arma mablag`laridan maktablar qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta`mirlash, shuningdek, maktablarni jihozlash uchun foydalaniladi.

Respublika maqsadli kitob jamg`armasining asosiy vazifasi maktablarning kutubxona jamg`armalari uchun darsliklar va o`quv-metodik majmualar bilan ta`minlashga qaratilgan byudjet mablag`lari va homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari, darsliklarning ijara to`lovini jamlash va ulardan samarali foydalanish hisoblanadi.

Vasiylik kengashi Jamg`armaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi hamda uning tarkibi Hukumat tomonidan tasdiqlanadi.

Jamg`arma quyidagilar uchun darsliklar etkazib berishga mablag` ajratadi:

• birinchi sinf o`quvchilari uchun;

• “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internetlarning o`quvchilari uchun;

• ijtimoiy yordamga muhtoj bo`lgan oilalardagi o`quvchilar uchun;

• ijara asosida berish uchun;

• o`qituvchilar uchun.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1