1

Samarqand viloyatida fermer kutubxona qurdi

Jamiyat 25.02.2019, 12:07
Samarqand viloyatida fermer kutubxona qurdi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi deputati, O`zLiDeP faoli Shavkat Mirzaev 2012 yildan buyon "Mirzaev Shuhrat Kenjaevich" fermer xo`jaligiga rahbarlik qiladi, deb yozadi "Zarnews.uz" nashri.

Fermer xo`jaligining umumiy maydoni 102 gektarni tashkil etib, g`alla va paxta etishtirishga ixtisoslashgan.

2015 yildan ko`p tarmoqliga aylantirilgan mazkur fermer xo`jaligida hozirda chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, issiqxona yo`nalishlarida tadbirkorlik yo`lga qo`yilgan bo`lib, 20 dan ortiq ishchi o`rinlari yaratilgan.

Sh.Mirzaev daromadlaridan fermer xo`jaligi a`zolari hamda mahalladagi yakka-yolg`iz, boquvchisini yo`qotgan oilalar turmush tarzini yaxshilashga, o`z mahallasi hududini obodonlashtirishga yordam berib, kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam ko`rsatib keladi.

2018 yilda u tumanda kutubxona qurishga qaror qildi va yangi qurilgan yoshlar bog`ida qariyb 230 kv metrni tashkil etadigan katta kutubxona barpo etdi.Unda elektron kutubxona, mumtoz adabiyot, ilmiy, badiiy adabiyot yo`nalishlarida o`quv zallari tashkil etish rejalashtirilgan.

– Bugun yurtimizda tadbirkorlar va ishbilarmonlarga katta imkoniyatlar yaratilganligi sabab men o`zimni shu yo`nalishda omadli inson sifatida kashf qildim. Ozmi, ko`pmi xalqimga nafim tegishi kerak, deb o`ylayman. Prezidentimizning 2017 yil 13 sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida"gi qarori asosida tumanimizda kutubxona qurishga kirishdim. Ushbu maskan yoshlarimiz uchun ta`lim va tarbiya o`chog`iga aylansa, men maqsadga erishgan bo`laman, – deydi Sh.Mirzaev.

Kutubxona qurilishi bitkazilib, jihozlash ishlari boshlangan. Uning joriy yilda Navro`z bayrami arafasida ishga tushirilishi ko`zda tutilmoqda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1