Xip-xop usulida kuylanadigan ilk mashhur qo`shiqlar muallifi Genri Jekson 58 yoshida vafot etdi. U musiqaning yangi yo`nalishini butun dunyoga tanitgan The Sugarhill Gang guruhi asoschisi hisoblanadi. Ushbu hodisa 1979 yili u o`zining Rapper’s Delight singlini chiqarganida sodir bo`lgan edi.
Genri Jeksonning o`limiga sabab saraton kasalligi bo`lgan, deya aniqlik kiritmoqda TASS. The Sugarhill Gang guruhining ikki a`zosi - Uander Mayk va Master Jilar The Rolling Stone jurnalida o`zlarining ta`ziyalarini izhor qilishdi: “Biz akamizning o`limidan juda ham xafamiz”.





