Uch nafar nemis olimi hamda olti misrlik mansabdor Qohira sudi tomonidan Xeops piramidasidagi ma`lumotlar yozilgan qadimiy taxtachani o`g`rilagani uchun besh yildan qamoq jazosiga mahkum qilindi. Ushbu jazo Germaniya fuqarolariga sirtdan qo`llaniladi, deya ma`lumot bermoqda TASS.
Voqea 2013 yilda sodir bo`lgan. O`g`rilar piramidadan olib chiqib ketgan taxtachaga fira`vn Xufuning ismi yozilgan edi. Shuningdek, boshqa narsalar ham olib ketilgan. Nemis olimlariga bu ishni amalga oshirishda Giza piramidasi xodimlari yordam berishgan.
O`g`rilar faqatgina maxsus ruxsatnoma yordamida kirish mumkin bo`lgan maqbara ichiga kirishga muvaffaq bo`lishgan. Shu jarayonda ular piramidaga taqiqlangan moslamani olib kirishgan.
Noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan narsalarni o`rganish orqali olimlar piramida eramizdan avvalgi 2500 yillarda bunyod etilganligini, ya`ni qadimiy Misrga hech qanday aloqasi yo`qligini aniqlashgan.
Qohira prokuraturasi ushbu ma`lumot “mamlakat manfaatlariga ziyon etkazadi” deya e`lon qildi.
Ishning asosiy ishtirokchilaridan biri mamlakatning qadimiy ishlar bo`yicha sobiq davlat vaziri Zaki Xavasdir.





