AsosiyDunyo

Internetni oyoqqa turg`azgan video o`chirib tashlandi

Pekindagi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammiti davomida Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy televideniesi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mamlakat raisi rafiqasiga iltifot ko`rsatganini kameraga muhrladi. Bu haqda Segodnya.uaga asoslanib, daryo.uz xabar bermoqda.
Rasmiy suhbat chog`ida Putin Pen Liyuanning elkasiga ro`mol tashlab qo`ydi. Kadrlarda uning ro`molni sekingina olib qo`yib, boshqa narsani kiyib olganini ko`rish mumkin.
Oradan bir necha soat vaqt o`tib, videodan ushbu lavha kesib tashlandi. Bundan tashqari, ushbu video avval joylangan barcha Xitoy portallaridan yo`qola boshladi, Xitoy yangilik saytlari ham o`z saytlaridan uni olib tashladi, senzorlar esa ijtimoiy tarmoqlarni ushbu videodan tozalay boshladi.

    Boshqa yangiliklar