AsosiyJamiyat

Toshkentdagi «Qo`yliq» bozori 2015 yilda rekonstruksiya qilinadi

Toshkent shahri chekkasidagi «Qo`yliq» nomi bilan umumiy ataladigan yirik savdo nuqtasini yaqin orada katta o`zgarishlar kutmoqda. Bu haqda Bektemir tumani hokimi Sarvar Maxametovning so`zlariga asoslanib Podrobno.uz xabar bermoqda.

Katta hajmdagi rekonstruksiya ishlariga 2015 yil boshidan kirishiladi hamda hozirgi buyum va dehqon bozorlaridan tashqari masjid oldidagi eski bozor joylashgan bo`sh hududda ham olib boriladi. Aynan shu hududga o`z-o`zidan paydo bo`lgan avtobekat ko`chiriladi va bu erdan faqat lisenziyali transport vositalari hududlarga yo`lovchilarni tashiydi. Shuningdek, bosh yo`l kengaytirilishi ham ko`zda tutilgan.

Savdo rastalari va dehqon bozori ham ta`mirlanadi. Bo`sh joylarda bir nechta yirik supermarketlar quriladi. Hozirda tor yo`l yoqalarida yoki piyodalar yo`laklarida to`xtaydigan avtomobillar uchun to`xtash joyi qurilishi ham rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar