O`zbekiston Davlat turizmni rivojlantirish qo`mitasi Samarqand shahrining yangi logotipini ishlab chiqdi.
Qo`mita saytida fuqarolar ushbu logotiplarning istalgan ko`rinishiga ovoz berishlari mumkin.
Aslida Samarqand shahrining uzoq yillardan beri ko`pchillikka tanish bo`lgan timsollari bor. Masalan, Sherdor madrasasi peshtoqida tasvirlangan quyosh va qoplon. Mahalliy suvenirlarda ko`p hollarda ushbu tasivr shahar ramzi sifatida ishlatiladi.
Ma`lumot uchun, Evropa shaharlari o`zlarining 300, 500 yoki 800 yillik shahar timsollari bilan mag`rurlanishadi. Masalan: Kopengagen gerbi 1661 yildan, Madrid gerbi 1222 yildan, Vena shahri gerbi – 1239 yildan beri jiddiy o`zgarmagan.
O`zbekiston Davlat turizmni rivojlantirish qo`mitasi ushbu havola orqali ochiq ovoz berishingizni so`raydi: