AsosiyJamiyat

Noqonuniy olib kirilayotgan psixotrop moddalar to`xtatib qolindi

'Noqonuniy olib kirilayotgan psixotrop moddalar to`xtatib qolindi'ning rasmi

Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari mamlakatimizga olib kirilishi taqiqlangan psixotrop dori vositalarini o`z vaqtida aniqlab, qonunbuzarlarning noqonuniy faoliyatiga chek qo`yishmoqda.

Jumladan, «Istambul-Toshkent» yo`nalishi bo`yicha uchib kelgan fuqarolar K.A., K.U. hamda K.S. lar belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, ularning sumkalari ichida narxi taxminan 6 million so`mni tashkil qilgan jami 42 dona konvalyutada “PERGE Pregabalin 300 mg” (Lirika) nomli dori vositalari borligi aniqlangan.

Shuningdek, chegara bojxona posti xodimlari “Almata-Toshkent” yo`nalishi bilan uchib kelgan fuqaro Sh.M. ning bagajlarini nazorat tartibida tekshirishganda, ularning ichida 352 ta sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar