AsosiyJamiyat

​Yosh harbiy xizmatchilar uchun yangi ko`krak nishonlar ta`sis etildi

'​Yosh harbiy xizmatchilar uchun yangi ko`krak nishonlar ta`sis etildi'ning rasmi

O`zbekiston mudofaa vazirining buyrug`iga ko`ra, vazirlik qo`shinlarida “O`zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti etakchisi” hamda “O`zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti yo`nalish sardori” ko`krak nishonlari ta`sis etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur ko`krak nishonlar harbiy qism va muassasalarning ta`sis kengashlarida yoshlar tomonidan O`zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkilotiga etakchi va yo`nalish sardorlari etib saylangan harbiy xizmatchilarga hamda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilariga beriladi.


Nizomda “O`zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti etakchisi” ko`krak nishoni O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo`shinlarida 35 yoshdan oshmagan Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti etakchisi etib saylangan ofiserlarga, “O`zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti yo`nalish sardori” ko`krak nishoni esa 30 yoshdan oshmagan Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti yo`nalish sardorlari etib saylangan shartnoma bo`yicha serjant, oddiy askar, muddatli harbiy xizmatchilarga hamda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilariga berilishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar