“Oskar 2019”ning eng yaxshi aktyorlari ma`lum bo`ldi, deya xabar berdi Kinonews.ru nashri.
“Bogema rapsodiyasi” biografik kartinasida Freddi Merkyuri rolini ijro etgan Rami Malek “Eng yaxshi aktyor” nominasiyasida g`oliblikni qo`lga kiritdi. Uning raqiblari Bredli Kuper, Kristian Beyl, Viggo Mortensen va Uillem Defo edi.
“Eng yaxshi aktrisa” nominasiyasida esa Oliviya Kolman “Mahbuba” filmidagi bosh roli uchun g`olib bo`ldi.