1

Qozog`iston "Vaqf" fondi rahbari O`zbekistonga keldi

Jamiyat 26.02.2019, 14:02
Qozog`iston "Vaqf" fondi rahbari O`zbekistonga keldi

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning qo`shni Qozog`iston Respublikasi bilan hamkorlik borasida olib borayotgan amaliy ishlari natijasida barcha sohalarda hamkorlik yo`lga qo`yilmoqda.

O`zbekistonda Qozog`iston yili munosabati bilan ushbu mamlakatda faoliyat olib borayotgan "Uaqip" (Vaqf) fondi rahbari joriy yilning 25 fevral kuni O`zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi.

"Uaqip" Qozog`iston fondining prezidenti Qayrat Azimovni "Vaqf" xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov kutib oldi. Ikki tomon o`rtasida o`tkazilgan uchrashuvda fondlar tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, loyihalar xususida fikr almashildi. O`zaro hamkorlikning yo`nalishlari belgilab olindi.

"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati xabariga ko`ra, tashrif davom etmoqda.

Ma`lumot uchun, mamlakatimizda "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida ko`plab o`ksik ko`ngillarga shodlik olib kirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1