1

Andijondagi noxush holat yuzasidan sog`liqni saqlash vaziriligi axborot berdi

Jamiyat 26.02.2019, 14:43
Andijondagi noxush holat yuzasidan sog`liqni saqlash vaziriligi axborot berdi

Bugun, 26 fevral kuni soat 10:26da Andijon shahar ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasi hududidagi “Issiqlik manbai” AJga qarashli isitish qozonining portlashi yuz berdi.

Favqulodda holat oqibatida poliklinikada tibbiy ko`rikdan o`tayotgan shahardagi 4-umumta`lim maktabining 18 nafar 9-g-sinf o`quvchilari turli darajada engil jarohat olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali travmatologiya qabulxonasiga olib kelingan.Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.

Ular zudlik bilan zarur tekshiruvlardan o`tkazilib, shifokorlar tomonidan shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatildi. 18 nafat bemor kuzatuv ostida bo`lib turibdi. Olib kelinganlardan 4 nafari holati tekshirilib, neyroreanimasiya bo`limiga yotqizildi, jumladan, 2 nafar bemorda zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o`tkazildi. 10 nafar qo`shimcha murojaat qilganlarga ambulator-psixologik yordam ko`rsatilib, uyiga javob berildi.

Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko`rsatish, zarur dori-darmonlarni etkazib berish bo`yicha barcha choralar ko`rilgan.

Vaziyat Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1