1

Xorijlik ekspertlar "O`zbekiston tarixi" telekanali yaratilishida ko`mak beradi

Jamiyat 26.02.2019, 15:30
Xorijlik ekspertlar "O`zbekiston tarixi" telekanali yaratilishida ko`mak beradi

Germaniya mahalliy telekompaniyalar Assosiasiyasi prezidenti, ekspert Rene Falkner bilan "O`zbekiston tarixi"” telekanali yaratilishi bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi.

Unda xorijlik mutaxassislar, muharrir va rejissyorlar, texnik xodimlar ishtirok etib, telekanalni ommalashtirish, xalqaro tajribalarni qo`llash, mutaxassislarni keng jalb etish bo`yicha fikr almashildi.

Germaniyalik mutaxassis "O`zbekiston tarixi" telekanali yaratilishi bo`yicha taklif va tavsiyalarini bildirib, telekanal faoliyati yo`lga qo`yilgunga qadar o`zbekistonlik mutaxassislarga turli seminar-treninglar, davra suhbatlari tashkil etib, amaliy yordam berishini aytib o`tdi.

photo5451630829974432326.jpg

Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi Matbuot xizmati xabariga ko`ra, uchrashuvga hamohang tarzda Bugun Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi hamda Konrad Adenauer nomidagi xalqaro xayriya jamg`armasining Markaziy Osiyo bo`yicha mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda ushbu telekanal yaratilishi, funksiyasi, unda xalqaro tajribalarni qo`llash bo`yicha yana bir tadbir tashkillashtirildi.

Uchrashuv so`ngida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javob qaytarishdi.

Eslatib o`tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida «O`zbekiston tarixi» telekanali tashkil etilishini ma`lum qilgan edi. Shuningdek, davlatimiz rahbari mamlakat kelajagiga yo`naltirilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda kuch-qudrat manbai – milliy g`oyani rivojlantirish masalasiga e`tibor qaratib, O`zbekistonning qadimiy va boy tarixini o`rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish zarurligini ta`kidlagan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1