1

Arzon uy-joylar uchun dastlabki badal summasi to`lashdan kimlar ozod etiladi?

Jamiyat 26.02.2019, 15:46
Arzon uy-joylar uchun dastlabki badal summasi to`lashdan kimlar ozod etiladi?

"Huquqiy axborot" kanali bergan ma`lumotga ko`ra Qonunchilikka muvofiq quyidagi toifaga kiruvchi shaxslar arzon uy-joyni ipoteka krediti asosida olganda dastlabki badal summasi to`lashdan ozod etiladi:

- og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo`lgan, kam ta`minlangan, farzandlarini to`liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar (hokimliklarda tuzilgan turar joy bo`yicha komissiyalar tavsiyasi asosida);

- mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko`rsatayotgan yosh oilalar (Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi qarori asosida);

- harbiy xizmatchilar (tegishli idoralarning markaziy apparatlari huzurida markaziy turar joy komissiyasi xulosasi asosida).

Bundan tashqari, quyidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarga foizsiz va qaytarish sharti bilan dastlabki badal summalari tegishli tashkilot tomonidan qoplab berilishi mumkin

- sudyalar, sud organlari xodimlariga;

- davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga;

- Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi xodimlariga;

- davlat soliq xizmati organlari xodimlariga;

- prokuratura organlari xodimlariga.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1