1

Farg`ona viloyati hokimiga o`rinbosar tayinlandi

Jamiyat 26.02.2019, 16:40
Farg`ona viloyati hokimiga o`rinbosar tayinlandi

Fayzullajon Qosimov Farg`ona viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Bugun Xalq deputatlari Farg`ona viloyat, shahar va tuman kengashlarining qo`shma sessiyasida viloyat hokimining bu boradagi qarori deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Ma`lumot uchun: F. Qosimov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan. Farg`ona viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig`i, viloyat fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha kengash raisining diniy-ma`rifiy masalalar bo`yicha o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Kam ta`minlangan oilalarga nafaqalar to`lanishini monitoring qilish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari kabi vazifalarda ishlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1