O`tgan hafta davomida O`zbekiston hududida 208ta yong`in qayd etildi. Bu haqda O`zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 2 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish tan jarohatini olgan, 3 kishi esa halok bo`lgan.
Ushbu yong`inlarda 1,72 million so`mlik qurilish materiallari va 829,47 million so`mlik moddiy boyliklar saqlab qolingan.





