1

"O`zbekiston havo yo`llari" bayram munosabati bilan 50 foizlik chegirmalar e`lon qildi

Jamiyat 26.02.2019, 17:40
"O`zbekiston havo yo`llari" bayram munosabati bilan 50 foizlik chegirmalar e`lon qildi

“O`zbekiston havo yo`llari” MAK “Navro`z” bayrami munosabati bilan dam olinadigan kunlar 21 martdan 24 martga qadar barcha yo`lovchilar uchun hamma ichki yo`nalishdagi qatnovlarga bayram chegirmalarini taqdim etishini e`lon qildi.

Bayram chegirmalari quyidagi kishilarga taqdim etiladi:

- Individual yo`lovchilar uchun — 30 foiz;

- Sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), lisey va Oliy o`quv yurtlari, kollejlar talabalari, maktab o`quvchilari,O`zR IIV, TV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta`lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o`quvchilari uchun — 40 foiz;

- Oila uchun (2 yoki undan ko`p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo`lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) — 50 foiz;

- Pensionerlar va nogironlar uchun — 50 foiz;

- 1941−1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun — 50 foiz;

- Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar uchun — 50 foiz.

Qayd etilishicha, chegirmali aviachiptalarni chegirmalarni olish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining rasmiy ofislarida xarid qilish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1