AsosiyShou-biznes

"Bravo" va aktrisa Halimaxonning lisenziyasi tugatildi

'"Bravo" va aktrisa Halimaxonning lisenziyasi tugatildi  'ning rasmi

Bugun, 26 fevral kuni “O`zbekkonsert” davlat muassasasida “Badiiy so`z san`ati va sahna mas`uliyati” mavzusida yig`ilish o`tkazildi.

Davra suhbatida qiziqchi va so`z ustalarining ijodida kuzatilayotgan kamchilik va qusurlarni bartaraf etish, oldini olish va tartibga solish kabi muhim masalalar ko`tarildi.

“O`zbekkonsert” bilan tuzgan lisenziya talablari va shartlari qo`pol ravishda buzilgani, ya`ni o`tkazilgan konsert dasturlarida muassasaga topshirilgan ssenariydan chetga chiqib, milliy urf-odatlarimiz, odob-ahloq, ma`naviy qadriyatlarga yot bo`lgan, fahshni targ`ib qiluvchi hajviyalar orqali o`zbek so`z san`ati obro`siga putur etkazayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda san`atkor odobiga rioya etmagani uchun so`z ustalari “BRAVO” va Ibragimova Halima Ubaydullaevnalarning lisenziyalari 2019 yilning 26 fevral kunidan amal qilishi tugatiladi”, - deb ma`lum qilindi yig`ilishda.

Shu bilan birga, so`z ustalari (“Gap yo`q-triosi”) Sardor Tashmuhamedov, Laliddin Xolmatov va Sanjar Isabaevlar yosh avlodni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashga salbiy ta`sir ko`rsatadigan mazmunan sayoz, mantiq va she`riyat talablariga javob bermaydigan bachkana so`zlar ijrosida bo`lgan “ommaviy madaniyat” va axloqsizlik g`oyalarini targ`ib etuvchi video kliplarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganligi uchun ogohlantirildi hamda kelgusida shu kabi holatlar takrorlansa, ularning lisenziyalari ham to`xtatilishi ma`lum qilindi.

Eslatib o`tamiz, bir necha kundan avval ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Halima Ibragimovaning haqoratomuz so`zlari tasvirlangan videolar tarqalgan edi.

Boshqa yangiliklar