1

Andijonda "Harbiy kitobxon" tanlovining g`oliblari aniqlandi

Jamiyat 26.02.2019, 20:18
Andijonda "Harbiy kitobxon" tanlovining g`oliblari aniqlandi

Andijon viloyati Yoshlar markazida “Harbiy kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo`lib o`tdi. Unda jami 13 nafar xizmat burchini o`tayotgan harbiy xizmatchilar o`zaro bellashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlov ikki bosqichda — “O`zbek adabiyoti bilimdoni” hamda “Jahon adbiyoti bilimdoni” shartlari asosida o`tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko`ra, Andijon shahridagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan oddiy askar Ravshanbek Shermonov faxrli 1-o`ringa loyiq deb topildi.

Buloqboshi tumanidagi harbiy qismlardan birida shartnoma asosida xizmat qilayotgan serjant Ma`murbek Xolov 2-o`rinni qo`lga kiritgan bo`lsa, Marhamat tumanidagi chegara postida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan oddiy askar Asrorbek Toyloqov 3-o`rinni egalladi.

G`olib va sovrindorlar Sharqiy harbiy okrugi hamda Andijon viloyat hokimligining diplom va qimmatbaho sovg`alari bilan taqdirlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1