1

Termizda zamonaviy aeroport majmuasi barpo etiladi

Jamiyat 26.02.2019, 20:34
Termizda zamonaviy aeroport majmuasi barpo etiladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalqaro baxshichilik san`ati festivalini o`tkazish to`g`risida»gi qaroriga muvofiq 2019 yilning 5—10 aprel kunlari Termiz shahrida o`tkaziladigan xalqaro baxshichilik san`ati festivaliga tayyorgarlik ishlari ko`rilmoqda. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Termiz xalqaro aeroportining qabul qilish qobiliyatini yanada oshirish, mahalliy va xalqaro reyslar yo`lovchilariga yuqori sifatli xizmatlar ko`rsatishni tubdan yaxshilash maqsadida yangi yo`lovchi terminalini qurish, mavjud perronni kengaytirish, aeroport hududi va atrofini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Zamonaviy aeroport majmuasini qurish va hududlarni obodonlashtirish ishlari «Termiz ta`minot» hamda «Saodatbonu Aziza Termiz» mas`uliyati cheklangan jamiyatlari quruvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1